Главная » Фотоальбом » Моя семья » TURMUSH QURMASAK BO'LMAYDI

TURMUSH QURMASAK BO'LMAYDI

Yaqinda «O`zbekiston» telekanali orqali «Bir jinoyat izidan» nomli ko`rsatuvning navbatdagi soni efirga uzatildi. Ko`rsatuvda Qashqadaryo viloyatida sodir bo`lgan jinoyat ishi tafsilotlari haqida so`z boradi. Unda yoritilishicha, bir kollejda tahsil olgan yigit va qiz bir-birlariga ko`ngil qo`yishadi. Bora-bora ularning niyatlari jiddiylashib, oila qurishga ahd qiladilar. Ota-onalarning roziligi bilan non sindirilib, fotiha qilinadi. Bundan yoshlarning quvonchi cheksiz edi. Lekin hadeganda to`y bo`lavermaydi. Ҳali u bahona, hali bu bahona bilan oradan ikki yil o`tib ketadi. O`tgan vaqt mobaynida esa yigit-qiz bir-biri bilan uchrashib, hattoki bo`lg`usi kuyov kelinnikiga, kelin esa kuyovnikiga hech bir tortinishsiz borishga odatlanishadi. Kattalar ham unashtirilgan juftlarning bu odatiga befarq qaraydilar. To`yni tezlashtirishning o`rniga ularni o`z holiga tashlab qo`yishadi. Oqibatda esa... Ko`rgan kishining havasi keladigan go`zal bir qizning hayotiga o`zi ko`ngil qo`ygan yigit tomonidan nuqta qo`yildi.

Ma`lum bo`lishicha, yigit va qiz uchrashuvlar vaqtida o`z his-tuyg`ularini jilovlay olishmagan. Qiz homilador bo`lib qolgan. Bundan xabar topgan ota-onalar, to`yni tezlashtirish harakatiga tushib qoladilar. To`y kuni belgilanadi. To`yga o`n kuncha vaqt qolganda yigit va qiz birga bozorga borishni rejalashtiradilar.
O`sha kuni bozorga boraman deb chiqib ketgan qiz hadeganda qaytavermaydi. Onaning yuragi g`ash, o`zini qo`ygani joy topolmay turgan vaqtda bo`lg`usi kuyov kelib qoladi. «Qizingiz bilan bozorda janjallashib qolgandik, ketib qoluvdi. Mabodo uyga kelmadimi?» deydi. Qizni qidirish boshlanadi. Ichki ishlar idoralariga xabar beriladi. Lekin uning na o`ligi va na tirigini topib bo`lmaydi. Umid va ilinj bilan oradan ikki yil o`tadi. Keyin esa boshqatdan qidiruv, tergov-surishtiruv ishlari olib boriladi. Ana shunda kuyov bo`lmishning o`zini tutishi, gaplarining bir-biriga qovushmasligi tergovchida shubha uyg`otadi. Jigitning uyi ko`zdan kechirilganda esa, uydan odam suyaklari topiladi. Jigit ham o`z aybiga iqror bo`ladi.
Ma`lum bo`lishicha, o`sha kuni yigit qizni bozorga emas, o`z uyiga borishga ko`ndiradi. Uyda hech kim yo`q. Ikkalasi gaplashib o`tirib, janjallashib qolishadi-da, yigit qizga qo`l ko`taradi. Keyin uni bo`g`ib o`ldiradi. Ҳovlidan chuqur kavlab, jasadni ko`mib tashlaydi. O`zi esa hech narsa bo`lmagandek qiznikiga borib, uni qidirayotganligini aytadi. Qachonki oradan ikki yil o`tib, aybdorligi sezila boshlagach esa, hovlidagi qiz ko`milgan joyni ochib, u erdagi suyaklarni chiqarib oladi va ularni bolta bilan bo`laklarga bo`lib, olovda kuydirib tashlaydi. Lekin baribir suyaklardan qoldiqlar topiladi...
Jigitning vahshiyligidan yoqa ushlaysiz. Xo`sh, u qizni nima uchun o`ldirdi?
Chimildiqning muqaddas ostonasigacha sabr qilmagan yigit-qizning o`rtasida o`zaro hurmat qolmagan. Qiz yigitning joniga tekkan, zeriktirgan va yigit undan xalos bo`lishni rejalashtirgan.
To`ydan oldin qizning nomusini poymol qilgan yigit endi uni kelin o`rnida ko`rishni xohlamadi. Bir gunoh keyingisini boshlab kelaveradi. Basharti u o`sha qizga uylanganida ham tug`ilajak farzand benikoh muhabbat mevasi, valadi zino hisoblanardi. Bunday farzanddan kelajakda or-nomus, oqibat kutib bo`larmidi!
Ming afsuski, bugun to`ygacha nomusidan ayrilib, homilador bo`lib qolgan qizlar va ularning bir amallab to`yni tezlashtirishga urinish holatlari ko`p uchrayapti. «Tez to`y qilmasak bo`lmas ekan» deb yugurayotgan ota-ona aslida o`zinMing or-nomusini himoya qilish uchun urinayotgan esa-da, oyni etak bilan yopib bo`lmaydi.

(MA`RIFAT GULSHANI GAZETASI)
1094 0 0.0

Добавлено 04.01.2012 stylist

Всего комментариев: 0

Добавить комментарий





Меню сайта

BO'LIMLAR
Мои фотографии [36]
Моя семья [1]

KIRISH JOYI
Гость
Mehmonlarga to'liq imkoniyat yo'q, shuning uchun o'z loginingiz bilan kiring yoki ro'yhatdan o'ting !

SAYTDAN QIDIRISH

YENGI MP3

FAOL USERLAR

SAYT ADMINI

YANGILIKLAR
U"Galaxy S3" dunyodagi eng mashxur smartfonga aylandi (0)
Ulug'bek Rahmatullaev konsertidan fotolar! (0)
"MTS" O'zbekistonga qaytish arafasida... (0)
Shok Xolat "Ziyoda" Avto Xalokatga uchradi.. (0)
MTS QAYTA ISHLASHI MUMKIN?! (0)
Райҳон ва Йигитали: тўй ростми? (0)
Фарзанд бер Оллохим 2 (0)
Yana bir qadam qoldi (0)
Колбаса нега арзон?.. ёхуд олтин қўшилган сосискалар (0)
“О МАРЯМ, МАРЯМ!..” (0)

MINI-CHAT
Для добавления необходима авторизация

STATISTIKA

Счетчик тИЦ и PR
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0