Qaytar dunyo, yoxud tuxmatchining jazosi.
Yer dumaloq deyishadi. Kimga qanday tuxmat qilsang tuxmating
o’zinga qaytar ekan.
Vazira
ismli bir ayol bor edi. U o’zbek mahallalarining birida istiqomat qilar
edi. 1 og’il va bir qizning onasi. Lekin g’iybatchi,ikkiyuzlamachi ayol
edi. Vaziraning yon qo’shnisi Muxlisa ismli bir beva ayol bor edi. Eri
avtoxalokat sabab vafot etgan edi. Muxlisaning 2 og’li va bir qizi bor
edi. Muxlisa beva bo’lishiga qaramasdan halol mehnat bilan hech qanday
nomaqul ishlarni qilmasdan pokiza ayol bo’lib yashardi. Eri hayotligida
bir katta kafeni boshqarardi. Vafot etgach Muxlisa kafeni boshqarishni
davom ettirdi. Hayotlari ancha yaxshi,o’ziga to’q bo’lib yashardilar.
Muxlisa opaning qizlari ulg’aygach uyga yaxshi honadonlardan sovchilar
kela boshladi.
Bundan habar topgan qo’shnisi Vazira ularga hasad
qildi. Kelgan sovchilar oldin mahalladan qiz va oilasi haqida
surishtirib ketishadi. Sovchilar ham Muxlisaning qo’shnisi Vaziradan
ular haqida so’rashdi. Vazira ularga shunday dedi: Bekor kelipsizlar.
Men bu oila haqida yaxshi bilaman Muxlisaning eri vafot etgach Muxlisa
bolalar tarbiyasiga yaxshi etibor bermagan. Qizi yomon yo’lga kirib
ketgan. Chet elga ishlagani kettim deb u yerda foxishalik qilib buzulib
ketgan. Qaytib kelgandayam shu ishini davom ettirgan.Mana hoz hayotlari
yaxshilangach doktorga borib qizligini tiklatib qolgan emish. Og’illari
esa otasi o’lganidan keyin qimorga berilib ketishgan. Qimorga uyini
tikib yuborgan yutkazib qo’ygan. Og’illari qamalib chiqqan. Ular juda
buzuq odamlar.Sizlar ziyoli odam ekansizlar og’lingiz baxtsiz bo’lib
qolmasin deb sizlarga achinganimdan haqiqatni aytim deb yomon bo’xton
tuxmatlar bilan sovchilarni aynitib yuboradi. Sovchilar uning gaplariga
ishonib qaytib ketishadi. Bu gaplar Muxlisaga yetib boradi. U Vaziraga :
Seni Xudoga soldim. Qilgan tuxmatlaring o’zinga qaytsin. Sendan
noroziman Xudo ham norozi bo’lsin dedi. Oradan 1 oy o’tgach Muxlisa
tezda uyini sotib bolalari bilan boshqa mahallaga ko’chib ketishadi.
Shunday qilib oradan yillar o’tadi. Vaziraning erini ishlari yurishmay
firmasi kasotga uchraydi va katta moddiy zarar ko’radi. Bu ko’rgilikka
dosh berolmay infark bo’lib olamdan o’tdi. Oradan vaqt o’tgach
Vaziralarning oilaviy ahvoli og’irlashadi. Og’li bu orada ko’p pul
topaman deb o’ylab qimor yo’liga kirib ketadi. Avvaliga kattagina pul
yutib oladi. Keyin yutkazib yashayotgan uyini qimorga tikib yuboradi.
Lekin bu narsadan onasi Vaziraning xabari yo’q edi. Qimorbozlar uyingni
bizga bermasang seni va oilangdagilarni o’ldiramiz deb qo’rqitishadi.
Orada janjal paydo bo’ladi, Vaziraning og’li qimorbozlarning biriga
pichoq sanchib uni o’ldirib qo’yadi. Bu ish tergovga topshiriladi. Bu
voqeadan keyin Vazira og’lini qutqaraman deb Bir advokat topadi. Advokat
bu ishga katta pul so’raydi. Vazira esa yashab turgan uyini sotib
pulini advokatga beradi. Lekin advokat hech narsa qila olmaydi og’li esa
qamaladi. Advokat Vaziradan olgan pulini qaytarib bermaydi. O’rtada pul
olganligi haqidayam hech qanday hujjat yo’q edi. Vazira 2 xonali do’mni
ijaraga olib o’sha yerda qizi bilan yashab turadi. Oilaviy ahvoli
judayam yomonlashadi. Vazira qarindoshlari bilan ham yuzko’rmas bo’lgan
edi. Chunki qarindoshlariga ham turli tuxmatlar qilib bazilarini bir
biridan ajratib yuborgan edi. Shuning uchun ko’pchilik undan yuz
o’girgan edi. Vaziraning og’li qamoqda u endi faqat qizi Sayyora bilan
o’sha ijaradagi do’mda yashar edi. Sayyora yaxshi ish topaman deb
qalloblarga aldanib qoladi chet elga ishga jo’natamiz deb uni aldap olib
ketishadi. Sayyorani u yerda buzuqlik qilishga majbur qilishadi. 1
yildan keyin qaytib keladi lekin buzuqlik yo’lidan qaytmaydi. Sayyora u
yerlarda shunaqa buzuq hayotga o’rganib qolgan edi. Vaziraga o’sha
bundan bir necha yillar ilgari sobiq qo’shnisi bo’lgan Muxlisaga qilgan
tuxmatlari o’ziga qaytgan edi. U hammasini tushunib yetti ammo kech edi.
Eri o’ldi, og’li qamalib ketti, qizi qip qizil foxishaga aylandi. Butun
hayoti barbod bo’ldi.
Azizlar hayotimizda shu kabi voqealar ko’p
uchrab turadi. Qilmish qidirmish, birovga chog’ qazisang o’zing tushasan
degan gaplar bejiz emas ekan. Xudo ko’rguvchi,bilguvchi, adolatli xukm
qilguvchi zoddur.