Inson
organizmining imkoniyatlari oxirigacha o`rganilmagan. Yonginamizda
shunaqangi hayratga soluvchi qobiliyat egalari yashaydiki, ularni
izohlashga ilm-fan qodir emas.
Sovuqni sezmaydigan odam
Gollandiyalik
Vim Xof umuman sovuqni sezmaydi. Ҳatto eng og`ir sharoitlarda ham uning
organizmi sovuqdan aziyat chekmaydi. U yalang`och holda qorli tog`
cho`qqilariga ko`tarilishi yoki uzoq vaqt muz ichida yotishi mumkin.
Ammo shunda ham shifokorlar o`tkazgan tekshiruvlarda uning organizmida
hech qanaqangi o`zgarishlar yuz bermaganligi ma`lum bo`ladi. Olimlar
izoh topolmay ovora, Vim Xof esa boshqalar uchun halokatli vaziyatlarda
hech narsani sezmasligi bilan odamlarni hayratga solish bilan band.
Suvga allergiyasi bor qiz
Avstraliyada
yashovchi Eshli Morris ismli qiz o`ta noyob kasallikdan aziyat chekadi –
uning suvga allergiyasi bor! Morris 14 yoshidan beri suvga nisbatan
allergiyadan azob chekadi. Shifokorlarning aytishlaricha, bechora qiz
Aquagenic Urticaria deb ataluvchi o`ta noyob xastalikka duchor bo`lgan
ekan. Bir tasavvur qiling-a, u hatto terlasa ham azobda qoladi. Inson
pokiza yurishi uchun cho`milishi shart, bu esa Eshli uchun do`zax
azobining o`zginasidir.
Faqat Tic Tac eydigan qiz
Jo`q,
siz bu qizning tomi joyida emas, deb o`ylamang. Uning aqli joyida, bu
shirinlikni ham o`z ixtiyoriga binoan emaydi. Qandaydir tushuntirib
bo`lmas sabablarga ko`ra, 17 yoshli Natali Kuperning oshqozoni "Tic
Tac”dan boshqa narsani qabul qilmaydi. Boshqa har qanday oziq-ovqat unga
azob keltiradi va darhol organizmi tomonidan chiqarib yuboriladi.
Umuman olganda, faqat "Tic Tac” bilan ovqatlanish mumkin emas, chunki
uning tarkibida ozuqa moddalari yo`q. Shu sababli tibbiyotchilar qizni
maxsus naycha yordamida oziqlantiruvchi kontsentrat bilan boqishmoqda.
Ҳiqichog`i to`xtamaydigan musiqachi
24
yoshga kirgan Kris Sands tinimsiz hiqichoq tutishidan bezor. Uni har
ikki soniyada, hatto uxlayotganida ham hiqichoq tutadi. U ko`plab
davolash kurslaridan o`tdi, shu jumladan, yoga va gipnozni ham qo`llab
ko`rdi. O`zining fikricha, hiqichoq tutishi oshqozon klapani
faoliyatining buzilishi tufayli yuz bermoqda, ammo buning sababini
topolmay tibbiyotchilarning boshi qotgan va ayni vaqtda Krisning
organizmini chuqur tahlil qilmoqdalar.
Kulganida xushidan ketadigan qiz
Key
Andervud nafaqat kulganida, balki g`azablanganida, qo`rqqanida,
hayratlanganida ham hushidan ketaveradi. Umuman olganda, har qanday
ziqlik holati uni hushidan ayiradi. Bulardan tashqari, u yana
narkolepsiya, ya`ni kutilmagan vaqtda uxlab qolishdek kam uchraydigan
kasallikdan aziyat chekadi. Key istalgan vaqtda, har qanday joyda uxlab
qolishi mumkin. Birgina Buyuk Britaniyaning o`zida 30 ming nafardan
oshiq odam narkolepsiyadan aziyat chekadi.
Ҳech narsani unutmaydigan ayol
Los-Anjelesda
yashovchi jill Prays hech qachon hech narsani unutmaydi. Bunday
qobiliyatli odamlar oz bo`lsa-da, uchrab turadi, ammo jillning xotirasi
o`ta kuchli. Kaliforniya universiteti olimlari bunday holat uchun masus
"gipertimestik sindrom (hyperthymestic syndrome, ya`ni, yunoncha
thymesis – "xotira” va "haddan ortiq” ma`nosini bildiruvchi «giper»
qo`shimchasi) atamasini o`ylab topishdi. Aytaylik, undan 1978 yil
aprelida nima ish qilganini so`rasangiz, u xuddi besh daqiqa oldin yuz
bergan voqeani aytayotgandek ikir-chikirlari bilan batafsil so`zlab
beradi. U hamma narsani esida saqlab qoladi.