Italiya
B seriyasida ishtirok etuvchi "Peskara” va "Livorno” jamoalari
o`rtasidagi o`yinda fojea yuz berdi. "Livorno” yarim himoyachisi
Permario Morozini uchrashuv vaqtida yurak xuruji tufayli maydonda
hushini yo`qotgan. Futbolchini kasalxonaga olib borgunlaricha, u yo`lda
vafot etgan.
Italiya
futbol rahbarlari bu voqea tufayli A va B seriyasidagi barcha
o`yinlarni bekor qilishga qaror qildi. Bugun chempionlik yo`lida jiddiy
kurash olib borayotgan "Milan" "jenoa"ga qarshi, "Inter" esa "Udineze"
bilan bahs olib borishi zarur edi. Bu o`yinlarning qachon o`tkazilishi
hozircha noma`lum.
Permario Morozini shu yil yozda 25 yoshni qarshilagan bo`lardi. Quyidagi rasmda Morozini hayotining so`nggi lahzalari aks etgan.