Главная » 2012 » Апрель » 14 » SOChLARINGIZGA MUNOSIB ShAMPUN TANLANG!
13:01
SOChLARINGIZGA MUNOSIB ShAMPUN TANLANG!
Ayol kishi uchun shampun xarid qilish, aynan kerakli turini topish vaqti kelganda haqiqiy muammoga aylanadi.
Ko`pgina ayollarimiz va qizlarimiz bu vaziyatga tushgan bo`lsalar kerak. Shubhasiz, qidirgan shampunning turi topilgan, do`kondan ham xarid qilib uyga olib kelingan, ko`rinishi, ustida batafsil yozilgan ma`lumot, xaridorni to`la qoniqtirgan desak ham bo`ladi, lekin amalda esa shampundan foydalangandan so`ng kutilgan natija bo`lmagan. Natijada qancha pul sarflaganiga qaramay, ko`ngli o`ksigani qoladi. Ammo har doim ham shampun ishlab chiqaruvchilardan xafa bo`lmang, kimdan xafa bo`lay deysizmi, albatta, o`zingizdan-da, chunki siz sochlaringiz yoki uning terisiga to`g`ri kelmagan shampun tanlaganingizda mana shunday kutilmagan natija kelib chiqishi mumkin.

Oldindan bilib oling
Agar yuz teringiz quruq bo`lsa, sochlar ham quruq bo`lishga moyildirlar. Yoki buning aksi, yuz terisi yog`li bo`lsa, u holda sochlar ham shu turga mansub bo`lishi kuzatib kelingan. 
Odatda normal ko`rinishdagi sochlarga yuvilgandan so`ng uch kun davomida silliq, toza va yaltirab turadiganlarni kiritish mumkin. Ba`zi hollarda sochlarning aralash turlari ham uchraydi, albatta, bu ranglar ma`nosida emas. 
Sochlar va bosh terisining turi boshdagi hamda butun tanamizning yog` bezlari ishi bilan bog`liq bo`ladi. Erkaklarning sochlari esa aksariyat hollarda yog`li bo`lishga moyil. Bu ularning gormonal va genetik tuzilishi bilan bog`liqdir.

Shampunni qanday to`g`ri tanlash lozim?
Shampunni eng avvalo sochlaringizning turiga bog`liq ravishda xarid etishingiz lozim. Undan tashqari, sotib olayotgan shampuningizdan qanday natija kutmoqdasiz, ana shuni oldindan aniqlab oling. Masalan, sochlaringiz bo`yalgan, deylik. Ular ancha quruq bo`lib, bosh terisi buyalgandan so`ng aziyat chekkan. Bunda sizga bo`yalgan sochlar uchun mo`ljallangan shampun to`g`ri keladi. Ular bo`yalgan sochlar uchun maxsus shampun deb ataladi. Uning tarkibiga turli moylar, jumladan, namlantiruvchi vositalar: kokos yoki zaytun yog`lari bo`ladi. Undan tashqari, ayrim shapunlar tarkibida mavjud bo`lgan V5 provitamini (pantenol) ham namlashtiruvchi xususiyatga ega bo`lib, bosh terisini yumshatadi. E vitamini sochlarning rangini hamda bosh terisini himoya qiladi, UV-filtrlari bilan birgalikda sochlarni bo`yash jarayonidan so`ng bosh terisining tez tiklanishiga yordam beradi. 
Agarda shampun xarid qilishda sochlaringizning o`sishini niyat qilgan bo`lsangiz, u holda shunga muvofiq bo`lgan hajm bag`ishlovchi shampunga e`tiboringizni qaratishingiz tabiiy. Shampunga bunday xislatni keratinlar bag`ishlaydi, ular sochlarni yuvish jarayonida ularga oro berish vositasi sifatida ta`sir etadi. Sutli proteinlar, yuqori molekulyar polimerlar bilan hamkorlikda har bir soch tolasini maxsus qobiq bilan o`rab chiqib, ularni tez o`sishiga yordam beradi.
Quruq sochlar maxsus parvarishga juda muhtojdir. Ular uchun faqat maxsus quruq sochlar uchun degan yozuvli shampunlar xarid qilish kerak. Turli moylar soch tolalarini ko`rinmas himoya qatlami bilan o`rab olib, ularga silliqlik va taranglikni qaytaradi. Pantenol va biotin esa bosh terisi hamda sochlarni namlantiribgina qolmay, bosh terisining qurishi, teri ko`chishi, sochlarning gullab ketishi va to`kilishidan asraydi. 
Просмотров: 1258 | Добавил: stylist | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий





Меню сайта

KIRISH JOYI
Гость
Mehmonlarga to'liq imkoniyat yo'q, shuning uchun o'z loginingiz bilan kiring yoki ro'yhatdan o'ting !

SAYTDAN QIDIRISH

YENGI MP3

FAOL USERLAR

SAYT ADMINI

YANGILIKLAR
U"Galaxy S3" dunyodagi eng mashxur smartfonga aylandi (0)
Ulug'bek Rahmatullaev konsertidan fotolar! (0)
"MTS" O'zbekistonga qaytish arafasida... (0)
Shok Xolat "Ziyoda" Avto Xalokatga uchradi.. (0)
MTS QAYTA ISHLASHI MUMKIN?! (0)
Райҳон ва Йигитали: тўй ростми? (0)
Фарзанд бер Оллохим 2 (0)
Yana bir qadam qoldi (0)
Колбаса нега арзон?.. ёхуд олтин қўшилган сосискалар (0)
“О МАРЯМ, МАРЯМ!..” (0)

MINI-CHAT
Для добавления необходима авторизация

STATISTIKA

Счетчик тИЦ и PR
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0